Rasul Kusherbaev

Rasul Kusherbaev:

19 iyun kuni Bekobod shahar JIB sudida sud qaroriga eʼtiroz bildirib, tartibsizlik qilgani uchun IIB xodimlari fuqarolar aka-uka Dilmurod Yusupvaliyev hamda Dilshod Yusupvaliyevni IIB binosiga majburiy olib ketilgan.

So‘ngra IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Dilmurod Yusupvaliyev tan jarohatlari sababli vafot etgan.

Yaqinlariga ko‘ra, jarayonlar IIBdagi viyeokamerlarga tushgan.

Holat yuzasidan hozircha rasmiy maʼlumot yo‘q.

Biz har qanday holatda ham huquqni muxofaza qilish idoralari fuqarolarga nisbatan ortiqcha kuch ishlatish, ularga tan jarohati yetkazish, o‘ldirib qo‘yish holatlarini keskin qoralaymiz.

Ichki ishlar vaziri bu kabi holatlar uchun marhumning oila aʼzolari va O‘zbekiston xalqi oldida shaxsan masʼul, deb hisoblaymiz.

@r_kusherbayev

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart