Ichki ishlar kiyimi orqali firibgarlik: Samarqandda yangi usul

Ichki ishlar xizmat kiyimini kiyib tekin gaz quyib olishning “yangi samarqandcha” usuli

Samarqandda ichki ishlar kiyimidagi shaxs oʼz avtomobiliga gaz quyib olib pulini toʼlamasdan ketib qolganligi aytilmoqda.

Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shahobchalaridan birida ichki ishlar xodimi kiyimidagi shaxs oʼzi boshqargan xususiy Spark avtomobilini suyultirilgan gaz yoqilgʼisi bilan toʼldirib, yoqilgʼi uchun toʼlovni amalga oshirmasdan ketib qolganligi bilan bogʼliq video oʼtgan avgust oyida turgʼun kuzatuv kameralar orqali muhrlangan.

Videoda aks etgan ichki ishlar kiyimidagi “qahramon” amalda “organ” xodimi boʼlmasligi ham mumkin albatta.

Ichki ishlar orgnalariga aloqasi boʼlmagan shaxs tomonidan xizmat kiyimini kiyib olgan holda tekin gaz quyib olishning yangi Samarqandcha usuli oʼylab topilgan boʼlishi ham mumkin.

Holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati Jahongir Sagdullaevdan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

“Ezgulik” jamiyati tomonidan aybdor shaxs tompilmagan taqdirda jabrdida gaz quyish operatori boʼynida qolib ketgan 50 ming soʼmlik gaz uchun toʼlovni ijtimoiy tarmoqdagi oʼz obunachilari koʼmagi bilan yigʼib berish tashabbusi ham rejalashtirilgan.

Jamiyat matbuot xizmati

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart