Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga muvofiq, jinoiy yoki ma'muriy qonunbuzarlikda ayblanayotgan shaxs o'z aybsizligini o'zi isbotlashga majbur emas. Buni davlatning mas'ul mutasaddi idora va shaxslari o'z zimmasiga oladi. Ya'ni, sud, prokuratura, tergov idoralari va ularning xodimlari qonunda belgilangan tartib hamda usullar vositasida aybdor shaxsning aybini aniqlash va isbotlashga mas'uldirlar. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud jarayonining har qanday bosqichida har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Konstitutsiyamizning 27-moddasiga ko'ra, har kim o'z sha'ni, qadr-qimmati va obro'siga qilingan tajavuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega. Mazkur huquqlar lozim bo'lgan taqdira sud orqali amalga oshirilishi: muhofazalanishi hamda tiklanishi mumkun. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Fuqarolik kodeksining yangi bir qoidasi, ya'ni 1022-moddasiga ko'ra, shaxs qadr qimmati va sha'niga yetkazilgan ma'naviy zararni ham moddiy qiymatda sud orqali undirishi mumkun.
Turar joy daxlsizligi huquqi fuqarolarning alohida konstitutsiyaviy biri hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikda bu huquqlarni real amalga oshirish va kafolatli ta'minlashning mexanizmini mustahkamlab qo'ygan. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o'tkazishi yoki uni ko'zdan kechirishi mumkun emas. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 158-159-moddalarida belgilanganidek, fuqaroning turar joyida tintuv o'tkazish yoki uni uy joyidan majburiy tarzda ko'chirish uchun sudning qarori bo'lishi shart.