O‘zbekiston: Parlament prezidentni obro‘sizlantirdi
2021 yilning 22 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: «Tanqid qilinglar! Topshiriq berilgan bo‘lsa, nega bajarmayapsan, deya familiyasini, RASMini olib chiqib, ko‘rsatinglar, butun el bilsin. Bilasizlarmi, bu – uchta-to‘rtta qarordan ham ko‘proq taʼsir qiladi. Sizlarning kuchlaring katta», – deya jurnalistlarni faollikka chaqirdi.
2023 yil 28 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan mantiqan prezident chaqirig‘iga amal qilgan shaxslarni javobgarlikka tortishga asos bo‘luvchi qonunni qabul qilishdi.
Yaʼni, fuqarolar, xususan, jurnalistlar ham huquqni muxofaza qilish idoralari xodimlarini xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida foto yoki videoga olib, internetga joylashtirsa, bu obro‘sizlantirish sifatida baholanib, maʼmuriy jarimadan tortib 15 sutkagacha qamalishlari mumkin.
Endi og‘ziga kuchi yetgan-yetmaganlar prezidentni ikkiyuzlamachilikda ayblaydi, ayblab yotishibdi xam. “So‘z erkinligi borasida ortga qaytmas islohotlar” degan ulug‘vor shior ustidan kulishyapti. Gap bu yerda befahm deputatlardami yoki boshqa narsa bormi?..
#Prezident #Shavkat_Mirziyoyev #Parlament