Diniy erkinlikning terrorizmga aloqasi bormi?

Diniy erkinlik terrorizmga hissa qo‘shadi, degan tushuncha nafaqat asossiz, balki xavfli hamdir. Diniy erkinliklarni qo‘llab-quvvatlash hamda xilma-xillik va hurmat muhitini shakllantirish orqali davlatlar zo‘ravon ekstremizmni qo‘zg‘atuvchi omillarni yumshatib, totuvlik va o‘zaro tushunish jamiyatini rivojlantirishi mumkin.
Endi buni 1 ta statistika bilan ko’rib chiqamiz. 1-misolda AQSh Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha komissiyasi (USCIRF) ma’lumotlariga ko’ra eng yuqori diniy erkinlikka ega mamlakatlar.

  • Kanada
  • Niderlandiya
  • Norvegiya
  • Shvetsiya
  • Yangi Zelandiya
  • Avstraliya
  • Daniya
  • Belgiya
  • Finlyandiya
  • Shveytsariya
  • Lyuksemburg
  • Qo’shma Shtatlar
  • Germaniya
  • Birlashgan Qirollik

    Global Terrorizm Indeksi (GTI) kabi tashkilotlar terrorizmdan eng ko’p zarar ko’rgan mamlakatlarni ko’rishimiz mumkun
  • Afg’oniston
  • Iroq
  • Nigeriya
  • Suriya
  • Somali
  • Yaman
  • Pokiston
  • Hindiston
  • Kongo Demokratik Respublikasi
  • Filippin
  • Liviya

Ko’pgina terroristik tashkilotlar o’z hukumati yoki hukmron hokimiyati tomonidan chetga surilgan, ezilgan yoki huquqlardan mahrum bo’lgan aholidan paydo bo’ladi. Bu erda dindorlarning hissasini inkor etib bo’lmaydi. Agar dindorlarga hukumat tomonidan erkinlik berilmasa (Misol uchun: Hukumat tomonidan nasroniy konfessiyalari yoki urf-odatlariga cheklovlar qo’yish yoki musulmonlarni hijobda va saqolda erkin ibodat qilishlariga turli sabablarni idoa qilib to’sqinlik qilish), bu dindorlarning radikallashuviga olib kelishi ehtimoli katta.

1948 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida fikr, vijdon va din erkinligi huquqi mustahkamlangan.

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart