BMT Inson Huquqlari Kengashi tavsiyalari

O‘zbekiston Universal davriy hisobot 4 sikli doirasida olgan tavsiyalari

Quyida keltirilgan/interaktiv muloqot davomida ishlab chiqilgan tavsiyalar Oʻzbekiston tomonidan oʻrganib chiqilgan. Ulardan bir nechtasini ma’qolamizda keltirib o’tamiz. To’liq tavsiyalarni quyida yuklab olishingiz mumkun.

Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish (Chili) (Estoniya) (Lixtenshteyn) (Lyuksemburg) (Maldiv orollari) (Ispaniya) (Urugvay);

Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyaning Fakultativ protokolini imzolash va ratifikatsiya qilish (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi);

Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish (Turkiya);

Qiynoqlar taʼrifi Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyaning 1-moddasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 7-moddasiga toʻliq mos kelishini taʼminlash uchun Jinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrish (Kosta-Rika);

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazning roli va samaradorligini oshirish (Qirgʻiziston);

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlish toʻgʻrisidagi barcha xabarlarni, shu jumladan zoʻrlash va jinsiy zoʻravonlik haqidagi daʼvolarni tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish (Malta);

Fuqarolik kodeksining 991 va 1021-moddalariga qiynoq yoki shafqatsiz muomalaga duchor boʻlgan shaxslarga tovon toʻlash choralarini kiritish tartibini tezlashtirish (Ispaniya);

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining rolini mustahkamlash, xususan, uni yetarli moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlash, mustaqilligini kafolatlash va tekshirish vakolatlarini kengaytirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirish (Togo);

Mamlakatdagi huquqiy madaniyat darajasini oshirish uchun keng jamoatchilik orasida inson huquqlari boʻyicha xabardorlikni oshirish va oʻqitish tadbirlarini davom ettirish (Turkmaniston);

Keng jamoatchilik muhokamalari, siyosiy plyuralizm va fuqarolik jamiyatining kengaytirilgan rolini qoʻllab-quvvatlash (Amerika Qoʻshma Shtatlari);

Axborot kodeksi loyihasi Oʻzbekistonning inson huquqlari, xususan, soʻz va matbuot erkinligi sohasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini taʼminlash (Fransiya);

Tinch yigʻilishlar erkinligi huquqini cheklovchi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish (Chexiya);

Din yoki eʼtiqod erkinligini targʻib qilish va himoya qilish hamda tegishli cheklov va kamsitishlarning oldini olish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish (Italiya)

Xalqaro huquqiy majburiyatlarga muvofiq, diniy eʼtiqod va soʻz erkinligiga asossiz ravishda toʻsqinlik qiladigan qonunchilik qoidalarini bekor qilish choralarini koʻrish (Gambiya);

Barcha uchun sifatli tibbiy xizmatlar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida, inson va moliyaviy resurslarni yetarli darajada ajratishni davom ettirish (Bangladesh);

1991-yildagi «Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida»gi qonun, 1996-yildagi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi qonun va 1999-yildagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini taʼminlash
(Fransiya);

Mazkur hisobotda keltirilgan barcha xulosalar va/yoki tavsiyalar taqdim etuvchi davlat(lar)ning va/yoki koʻrib chiqilayotgan davlatning pozitsiyasini aks ettiradi. Ular butun Ishchi guruh tomonidan maʼqullangan deb talqin qilinmasligi kerak

Shuningdek, O‘zbekiston inson huquqlari Ezgulik jamiyati UPR sessiyalarida mamlakatda qiynoqlar masalasidagi muhim hisoboti bilan ishtirok etgan. Ezgulik delegatsiyasi a‘zolariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati bu borada keskin choralar ko‘rmasa, o‘zining xalqaro doiralardagi imijini boy berishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart