Sudlov tarixidagi sharmandali sahifa

Adliya vazirligining sobiq xodimi Husan Ravshanov qatnashgan podkast haqida ko‘pchilik gapirmoqda. Podkastda davlat xizmatchisining qay tariqa qurbon qilingani, Adliya vazirligi ichidagi chirkin o‘yinlar tilga olinadi.

Sudlarda Husanboyni himoya qildim va bundan keyin bu chirigan mahkamalarda ishtirok etmaslik foydaliroq ekanini tushundim. Chunki sud degani bu mamlakatda tergov organining qarorlarini qonunlashtirib beruvchi organ ekanini shu ish misolida baralla ayta olaman.

Sudlarda IIV tergov yerto‘lalarining eshigi amaldorlar uchun lang ochiq ekani, qamoqxonada loxmachlar o‘z ishlarini bemalol bitirishini, oddiy fuqaro tugul davlat xizmatchilari ham zulm mashinasi oldida hech kim emasligini 100 foiz isbotlab berdik.

Adliya vazirligidagi trollar fabrikasi, o‘ta jirkanch rahbarlar o‘yini va istalgan odamning istalgan vaqtda qurbon etilishi mumkinligi avvalo xizmatchilarning o‘zini tashvishga solishi kerak.

Frans Kafkaning “Jazo koloniyasi” romanida zulm mashinasini yaratgan kimsaning o‘zi o‘sha mashinaning qurboniga aylanadi. Adliyada shunday mashina bor va bu mashina tizimning so‘nggi xodimini yutibgina tinchiydi. Tizimning ayrim sharafsiz faxriylari ham bu mashinani moylashda ishtirok etmoqda.

Bu haqda vaqt topib, albatta yozaman.

#actual

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart