Qoraqalpoq faollari uchun seminarlar tashkil qildik
Nukusda qoraqalpog‘istonlik fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar o‘tkazmoqdamiz. Tan olish kerak, bu yerdagi NNTlar liderlari boshqa viloyatlardagi faollarga nisbatan tajribali va jonkuyar ekanlar.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bilan hamkorlikdagi loyihamiz doirasida o‘tayotgan o‘quv tadbirlarimiz munozara ruhida kechmoqda. NNT liderlari beting-ko‘zing demaydi, muammolar haqida dadil, hayotiy, real gapirishmoqda.
Bizga aynan shunday auditoriya kerak. Haqiqat bahslarda tug‘iladi, bilim va ko‘nikmalar tortishuvlardan olinadi. Silliq, mulozamatga boy mashg‘ulotlarga ehtiyojimiz yo‘q.
