Kim qilmagay – kim topmagay…
Sarxush holatda birovning avtoulovini olib qochib, tarmoq qahramoniga aylangan sudya Rahmonovni nohaq javobgarlikka tortilgan xonadon vakillari duoibad qilganiga guvohman. Bu qozi o‘z paytida qudratli bo‘lgan “ofis”ning buyurtmasi bilan Ahmadjonovlar oilasini parokanda qildi.
Yuqori instansiya sudlarida chalaroq bo‘lsa ham adolatga erishgan bu odamlar bu sudyaning qilmishidan juda og‘ringan va qismat uning bugun el oldida yuzini shuvut qildi. Jinoyati fuqarolarniki kabi rasmiylashtirilsa, uzoq muddatli qamoqqa ravona bo‘ladi.
Ammo bu mamlakatda qoziga isyon qilish jinoyat, go‘yo uning joni jon-u, boshqalarniki baqlajondek. Ularning ayrimlari rostanam shunaqa o‘ylashadi: hamma ularni istasa-istamasa ehtirom qilishi kerak, go‘yo shu hurmatga sazovordek, o‘tgan kuni bir blogerning sudida ko‘rdik.
Yaratganning hukmi oliysi boshqalarga ham saboq bo‘lishi kerak. Xudodan qo‘rqmay boshqalarga zulm qilmoq, el aro sharmisor bo‘lmoq qismati naqadar ayanchli!..