{"id":4948,"date":"2024-05-01T03:01:55","date_gmt":"2024-05-01T03:01:55","guid":{"rendered":"https:\/\/ezgulikuz.org\/?p=4948"},"modified":"2024-05-01T04:49:42","modified_gmt":"2024-05-01T04:49:42","slug":"bmt-inson-huquqlari-kengashi-tavsiyalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/2024\/05\/01\/bmt-inson-huquqlari-kengashi-tavsiyalari\/","title":{"rendered":"BMT Inson Huquqlari Kengashi tavsiyalari"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>O\u2018zbekiston Universal davriy hisobot 4 sikli doirasida olgan tavsiyalari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Quyida keltirilgan\/interaktiv muloqot davomida ishlab chiqilgan tavsiyalar O\u02bbzbekiston tomonidan o\u02bbrganib chiqilgan. Ulardan bir nechtasini ma&#8217;qolamizda keltirib o&#8217;tamiz. To&#8217;liq tavsiyalarni quyida yuklab olishingiz mumkun.<\/p>\n\n\n\n<div style=\"text-align: center;\">\n    <a href=\"https:\/\/ezgulikuz.org\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/UDH_Ozbekiston_tavsiyalar_UZB-1.pdf\" download>\n        \n        BMT Inson Huquqlari Kengashi tavsiyalari <img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/ezgulikuz.org\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/download.svg\" alt=\"Download Icon\" style=\"vertical-align: middle; width: 25px; height: 25px;\">\n    <\/a>\n<\/div>\n\n\n\n<p>Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g\u02bbayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish (Chili) (Estoniya) (Lixtenshteyn) (Lyuksemburg) (Maldiv orollari) (Ispaniya) (Urugvay);<\/p>\n\n\n\n<p>Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g\u02bbayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiyaning Fakultativ protokolini imzolash va ratifikatsiya qilish (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi);<\/p>\n\n\n\n<p>Qochqinlar maqomi to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish (Turkiya);<\/p>\n\n\n\n<p>Qiynoqlar ta\u02bcrifi Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g\u02bbayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiyaning 1-moddasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to\u02bbg\u02bbrisidagi xalqaro paktning 7-moddasiga to\u02bbliq mos kelishini ta\u02bcminlash uchun Jinoyat kodeksiga o\u02bbzgartirishlar kiritish choralarini ko\u02bbrish (Kosta-Rika);<\/p>\n\n\n\n<p>Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq Inson huquqlari bo\u02bbyicha Milliy markazning roli va samaradorligini oshirish (Qirg\u02bbiziston);<\/p>\n\n\n\n<p>Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo\u02bblish to\u02bbg\u02bbrisidagi barcha xabarlarni, shu jumladan zo\u02bbrlash va jinsiy zo\u02bbravonlik haqidagi da\u02bcvolarni tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish (Malta);<\/p>\n\n\n\n<p>Fuqarolik kodeksining 991 va 1021-moddalariga qiynoq yoki shafqatsiz muomalaga duchor bo\u02bblgan shaxslarga tovon to\u02bblash choralarini kiritish tartibini tezlashtirish (Ispaniya);<\/p>\n\n\n\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining rolini mustahkamlash, xususan, uni yetarli moliyaviy va inson resurslari bilan ta\u02bcminlash, mustaqilligini kafolatlash va tekshirish vakolatlarini kengaytirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashdagi sa\u02bcy-harakatlarni yanada kuchaytirish (Togo);<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatdagi huquqiy madaniyat darajasini oshirish uchun keng jamoatchilik orasida inson huquqlari bo\u02bbyicha xabardorlikni oshirish va o\u02bbqitish tadbirlarini davom ettirish (Turkmaniston);<\/p>\n\n\n\n<p>Keng jamoatchilik muhokamalari, siyosiy plyuralizm va fuqarolik jamiyatining kengaytirilgan rolini qo\u02bbllab-quvvatlash (Amerika Qo\u02bbshma Shtatlari);<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot kodeksi loyihasi O\u02bbzbekistonning inson huquqlari, xususan, so\u02bbz va matbuot erkinligi sohasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini ta\u02bcminlash (Fransiya);<\/p>\n\n\n\n<p>Tinch yig\u02bbilishlar erkinligi huquqini cheklovchi qonunchilikka o\u02bbzgartirishlar kiritish (Chexiya);<\/p>\n\n\n\n<p>Din yoki e\u02bctiqod erkinligini targ\u02bbib qilish va himoya qilish hamda tegishli cheklov va kamsitishlarning oldini olish uchun qo\u02bbshimcha choralar ko\u02bbrish (Italiya)<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqaro huquqiy majburiyatlarga muvofiq, diniy e\u02bctiqod va so\u02bbz erkinligiga asossiz ravishda to\u02bbsqinlik qiladigan qonunchilik qoidalarini bekor qilish choralarini ko\u02bbrish (Gambiya);<\/p>\n\n\n\n<p>Barcha uchun sifatli tibbiy xizmatlar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ta\u02bcminlash maqsadida, inson va moliyaviy resurslarni yetarli darajada ajratishni davom ettirish (Bangladesh);<\/p>\n\n\n\n<p>1991-yildagi \u00abJamoat birlashmalari to\u02bbg\u02bbrisida\u00bbgi qonun, 1996-yildagi \u201cSiyosiy partiyalar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonun va 1999-yildagi \u201cNodavlat notijorat tashkilotlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonun ijrosini ta\u02bcminlash<br>(Fransiya);<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Mazkur hisobotda keltirilgan barcha xulosalar va\/yoki tavsiyalar taqdim etuvchi davlat(lar)ning va\/yoki ko\u02bbrib chiqilayotgan davlatning pozitsiyasini aks ettiradi. Ular butun Ishchi guruh tomonidan ma\u02bcqullangan deb talqin qilinmasligi kerak<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston inson huquqlari Ezgulik jamiyati UPR sessiyalarida mamlakatda qiynoqlar masalasidagi muhim hisoboti bilan ishtirok etgan. Ezgulik delegatsiyasi a\u2018zolariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston hukumati bu borada keskin choralar ko\u2018rmasa, o\u2018zining xalqaro doiralardagi imijini boy berishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Universal davriy hisobot 4 sikli doirasida olgan tavsiyalari Quyida keltirilgan\/interaktiv muloqot davomida ishlab chiqilgan tavsiyalar O\u02bbzbekiston tomonidan o\u02bbrganib chiqilgan. Ulardan bir nechtasini ma&#8217;qolamizda keltirib o&#8217;tamiz. To&#8217;liq tavsiyalarni quyida yuklab olishingiz mumkun. BMT Inson Huquqlari Kengashi tavsiyalari Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g\u02bbayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi kurash to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiyaning Fakultativ protokolini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":4951,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3,2],"tags":[],"blocksy_meta":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4948"}],"collection":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4948"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4962,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4948\/revisions\/4962"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4951"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}