{"id":5152,"date":"2025-04-08T18:45:00","date_gmt":"2025-04-08T18:45:00","guid":{"rendered":"https:\/\/ezgulikuz.org\/?p=5152"},"modified":"2025-04-26T06:47:41","modified_gmt":"2025-04-26T06:47:41","slug":"firibgarlarning-reyestri-tuzilishi-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/2025\/04\/08\/firibgarlarning-reyestri-tuzilishi-kerak\/","title":{"rendered":"Firibgarlarning reyestri tuzilishi kerak"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi va huquqni muhofaza qilish organlari ma\u02bclumotlariga ko\u2018ra, keyingi paytlarda mamlakatimizda firibgarlik jinoyatlari soni keskin ortgan. Firibning qurboni bo\u2018layotgan, aldanayotgan hamyurtlarimizga yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog\u2018liq katta muammolar qarshisidamiz. Hatto 5-6 martalab javobgarlikdan so\u2018ng ham bu jinoyatlarni bemalol sodir etayotganlar bisyor.<\/p>\n\n\n\n<p>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Toshkent viloyati sudining appelyatsiya sudlov hay\u02bcati qibraylik er-xotinga nisbatan firibgarlikka oid ishni ko\u2018rmoqda. Erkak quyi instansiya sudi tomonidan 8 yilga, xotin esa 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ayolga qo\u2018llanilgan jazo 3 yillik sinov muddatiga almashtirilgan. Biroq ish sinchiklab o\u2018rganilsa, firibgarlikda ayblangan bu xonadon vakillarining o\u2018zi firib qurboni bo\u2018lgani ko\u2018rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqaddam firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari bilan sudlangan shaxslar er-xotinning ishonchiga kirib, uy qurish uchun qarz beradi. O\u2018zlarini biznes sherik qilib ko\u2018rsatib, eski-tuski qurilish materiallari bilan yordam bergan bo\u2018lishadi. So\u2018ng qarzni qaytara olmagan xonadon egalaridan \u201cpulni qaytarmasam, uyimni beraman\u201d mazmunidagi tilxat olib, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishadi va sodda odamlarni qamatishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Firibgarlikda ayblangan er-xotin Toshkent viloyati sudida musichadek o\u2018tirgan bu jabrlanuvchilarning yagona o\u2018ljasi emas. Avval ham xuddi shu ssenariy asosida bir necha xonadonni qon qaqshatgan \u201cjabrlanuvchi\u201dlar bundan keyin ham o\u2018z faoliyatini davom ettirsa kerak. Sudlanuvchilarning advokati hay\u02bcatga barcha hujjatlarni taqdim qilgan, ammo adolatdan umid yo\u2018q. Chunki quyi instansiya sudi ishni sinchikab o\u2018rganmagan, jabrlanuvchilarning \u201cfaoliyati\u201dga e\u02bctibor qaratmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Postda ismi-shariflarni keltirmadim, chunki \u201cfaoliyat\u201d egalarining qo\u2018li uzun \u2014 huquqni muhofaza qilish organlarida ham tayanchlari borligi, menga ham tashvish keltirishlari mumkinligiga ishonaman. Ammo Toshkent viloyati sudining appelyatsiya sudlov hay\u02bcati gap nima haqida borayotganini yaxshi biladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Matbuotdagi chiqishlarimizda pedofillarning, korrupsionerlarning, umuman, ommalashayotgan jinoyatlarning \u201cqora ro\u2018yxati\u201d \u2014 reyestri tuzilishi kerakligi haqida ko\u2018p gapirdik. Menimcha, firibgarlarning reyestri ham tuzilishi vaqti keldi. Ma\u02bcmuriy va jinoyat ishlarida bu huquqbuzarliklarning ulushi ortib borayotgan ekan, buni bartaraf etish yuzasidan ma\u02bcmuriy richaglar ham qo\u2018llanilishi zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi va huquqni muhofaza qilish organlari ma\u02bclumotlariga ko\u2018ra, keyingi paytlarda mamlakatimizda firibgarlik jinoyatlari soni keskin ortgan. Firibning qurboni bo\u2018layotgan, aldanayotgan hamyurtlarimizga yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog\u2018liq katta muammolar qarshisidamiz. Hatto 5-6 martalab javobgarlikdan so\u2018ng ham bu jinoyatlarni bemalol sodir etayotganlar bisyor. Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Toshkent viloyati sudining appelyatsiya sudlov hay\u02bcati qibraylik er-xotinga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5153,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"blocksy_meta":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5152"}],"collection":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5152"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5154,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5152\/revisions\/5154"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5153"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/ezgulikuz.org\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}