Hukumatning sementchilarga tishi o‘tadimi?..

Hukumatning sementchilarga tishi o‘tadimi?..

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘p gapirib vaqtingizni olmayman. Illo, prezident bu xususda kuni kecha hukumat majlisida keskin choralar ko‘rish haqida gapirdi. Ijtimoiy tarmoq vaziyatni soatma-soat yoritib bormoqda, faollar vaqillaydi.

Hukumatning o‘tgan kungi majlislarida sement zavodlari faoliyatiga taʼqiq qo‘yish, umuman, bu turdagi ishlab chiqarish inshootlariga moratoriy eʼlon qilish haqida gapirildi. Biroq nazarimda bu gaplarning hammasi havodagi chang-to‘zonlarga qorishib, yo‘q bo‘lib izsiz ketayotgandek.

Masalan, Qashqadaryoning Kitob tumani tog‘-yon bag‘rida qurilgan “QARSHI CONCH CEMENT” maʼsuliyati cheklangan jamiyati faoliyati O‘zbekiston ilmiy “Sinov vasifat nazorati markazi”ning qarori bilan shu yilning 12 yanvarida to‘xtatilishi kerak edi. Ammo zavod faoliyati bir daqiqa ham to‘xtagani yo‘q, kecha faollarimiz borib kelishdi, varillab sement chiqarib yotishibdi.

Aholi norozi, faollar g‘azabda, va bu iztiroblarning maʼsullarga kapeyka taʼsiri yo‘q, buni bilaman. Hech bo‘lmasa, hukumatning qarorini bajarishar, deb umid qilgandim, menimcha, yana o‘zimni aldayapman.

Undan ko‘ra amaliy chora taklif qilaman: tabiatimizni asrab qolish uchun 4-5 tangadan yig‘ib, masʼullarga yo‘lini qilib uzataylik, sementchilar keltiradigan foydani boy berishmasin, balki shunda natijaga erishamiz. Ertaga sog‘lig‘imiz ketsa, baribir pul sarflaymiz-ku?

Aziz Abduhakimov, plastik karta-parta qilib, ishni boshlayveraylikmi yoki sementchilar bilan til topishasizmi?

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart